Bugun 11 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

JSST tuberkulyozni tezkor aniqlashga mo‘ljallangan yangi diagnostika usulini tasdiqladi

JSST tuberkulyozni tezkor aniqlashga mo‘ljallangan yangi diagnostika usulini tasdiqladi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xavfli kasalliklardan biri hisoblangan tuberkulyozga tashxis qo‘yishning yangi diagnostika usulini tasdiqladi.

“ Xpert MTB/RIF Ultra” deb nomlanuvchi ushbu sinama xastalikka gumon qilingan kishilar so‘lagida sil kasalligini qo‘zg‘atuvchi bakteriya — Mycobacterium tuberculosisning genetik belgilarini molekulyar tahlil yordamida aniqlashga mo‘ljallangan.

Tibbiy test natijalari bir necha soat ichida ma’lum bo‘ladi. Qolaversa, mazkur sinama orqali so‘lak tarkibidagi infeksiyaning genetik mutasiyalarini ham aniqlash mumkin. Bu esa shifokorlarning muqobil muolaja usullarini tanlashlarida asqatadi.

Eslatib o‘tamiz: tuberkulyoz har yili dunyo bo‘yicha bir million nafardan ortiq bemorning o‘limiga sabab bo‘lmoqda. Hozir bu kasallikni, xususan, uning dorilarga chidamli turlarini erta bosqichda aniqlash JSSTning global maqsadlari qatoriga kiritilgan.

Kiritildi: 09:23 10.12.2024. O'qildi: 422 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!