Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

JSST: Rossiyada maymun chechagi paydo bo‘lish ehtimoli juda yuqori

JSST: Rossiyada maymun chechagi paydo bo‘lish ehtimoli juda yuqori

Evropa mintaqasidagi ko‘pgina mamlakatlarda, jumladan, Rossiyada maymun chechagi tarqalish ehtimoli yuqori, dedi JSSTining Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich RIA Novostiga.

"Mintaqalar darajasida qaraydigan bo‘lsak tarqalish ehtimoli Yevropa mintaqasida eng yuqori hisoblanadi (mintaqaga 53 davlat, jumladan, Rossiya Federasiyasi ham kiradi). Kasallik yangi hududlarni ham o‘z domiga tortayapti, qolaversa, holatlarning bir nechta noodatiy klinik manzarasi kuzatilmoqda", — dedi u.

Vuynovichning ta’kidlashicha, tashkilot mamlakatlarni maymun chechagi paydo bo‘lishini aniqlash va uning tarqalishini kuzatib borish uchun kuch-g‘ayratni ayamaslikka chaqiradi.

Hozirgacha maymun chechagi bilan xastalanganlar dunyoning 51 mamlakatida qayd etilgan. Shunday bo‘lsada, infeksiyaning tarqalish yo‘llari hali ham tushunarsiz qolmoqda.

Kiritildi: 15:13 02.07.2022. O'qildi: 3223 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!