Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

JSST koronavirusdan tuzalganlar sonini oshkor etolmayapti. Chunki...

JSST koronavirusdan tuzalganlar sonini oshkor etolmayapti. Chunki...

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dunyoda koronavirusdan tuzalganlar soni to‘g‘risida ma’lumotlarni e’lon qilishni to‘xtatdi, chunki barcha mamlakatlar bunday ma’lumotlarni muntazam ravishda taqdim etolmayapti.

JSSTning rasmiy vakili Tarik Yazarevichning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab mamlakatlarda kasallar sog‘ayib ketish imkoniyatiga ega emaslar, shuning uchun vaziyat rivojlanib borar ekan, tashkilot yangi ma’lumotlarni olishi mumkin, deya xabar beradi RIA Novosti.

Koronavirus COVID-19 — bu yangi kasallik, unga immunitet qanday moslashgani va odamning to‘liq tiklanganligini qanday aniqlash mumkinligi haqida ko‘proq epidemiologik ma’lumotlarni olish kerak, dedi Yazarevich.

Dunyoda, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 860 mingdan ortiq kasallik holati va 42 mingdan ortiq o‘lim qayd etilgan.

Kiritildi: 17:42 01.04.2020. O'qildi: 3137 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!