Bugun 16 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

JSST: “Bir hafta ichida COVID-19 deyarli 4 million odamda aniqlandi, o‘lim darajasi ham ko‘paymoqda”

JSST: “Bir hafta ichida COVID-19 deyarli 4 million odamda aniqlandi, o‘lim darajasi ham ko‘paymoqda”

So‘nggi bir hafta ichida dunyoda deyarli 4 million kishi koronavirus bilan kasallandi, bu avvalgi 7 kunga nisbatan kamroq. Ammo o‘limlar soni qariyb 70 mingga ko‘paygan holda o‘tgan hafta ko‘rsatkichlaridan oshib ketdi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan 23-29 noyabr kunlari butun dunyoda 3,935,330 ta COVID-19 holati va 69,916 ta o‘lim qayd etildi.

16-22 noyabr kunlari 4.060.891 ta yuqtirish, 67.221 ta o‘lim holati aniqlangandi.

Ta’kidlanishicha, dunyo bo‘ylab kasallanish darajasi yuqori bo‘lib turgan bir paytda o‘lim darajasi tobora oshmoqda.

Qayd etilishicha, Yevropada pasayish kuzatilmoqda, ammo o‘limlar ko‘rsatkichi o‘tgan hafta davomida 16-22 noyabr haftasiga nisbatan 5 foizga, Janubi-Sharqiy Osiyoda 4 foizga, Amerikada 2 foizga oshgan.

Kiritildi: 22:48 02.12.2020. O'qildi: 1587 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!