Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

JSST: Bakteriyalarning antibiotiklarga chidamliligi keskin ortib bormoqda

JSST: Bakteriyalarning antibiotiklarga chidamliligi keskin ortib bormoqda

Bu antibakterial preparatlarning ortiqcha va noto‘g‘ri qo‘llanilayotgani bilan bog‘liq.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan e’lon qilingan hisobotda antibiotiklar bakteriyalarga qarshi kurashda tobora samarasiz bo‘lib borayotgani ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, dunyo miqyosida infeksiyalarning dori vositalariga chidamliligi har yili o‘rtacha 5–15 foizga oshib boryapti. Bu antibakterial preparatlarning ortiqcha va noto‘g‘ri qo‘llanilayotgani bilan bog‘liq.

Masalan, E.coli (Escherichia coli) bakteriyalarining 40 foizi, Klebsiella pneumoniae bakteriyalarining esa 55 foizidan ortig‘i ayni paytda peshob yo‘llari, qon va ovqat hazm qilish tizimi kasalliklarini davolashda keng qo‘llaniladigan antibiotiklarga chidamli.

Ayrim infeksiyalar esa hozirda mavjud barcha dori vositalariga faol qarshilik ko‘rsata oladi. Salmonella, oltin stafilokokk va E.coli bakteriyalari sababli yiliga millionlab odamlar hayotdan ko‘z yummoqda.

JSST vakili Silviya Bertanyolioning ma’lum qilishicha, 2021 yilda antibiotiklarga chidamli bakteriyalar tufayli qariyb 8 million odam vafot etgan.

Shundan kelib chiqib, hisobotda yangi avlod antibiotiklarini yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni jadallashtirish lozimligi aytilgan. O‘z navbatida, bunday vositalardan foydalanishni kamaytirish zarur. Bu orqali bakteriyalar chidamliligi oshishini sekinlashtirish mumkin.

Kiritildi: 14:13 15.10.2025. O'qildi: 1231 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!