Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotning yangi hisobotiga ko‘ra, bachadon bo‘yni saratoni dunyo bo‘yicha yiliga 350 ming nafardan ortiq ayolning o‘limiga sabab bo‘lmoqda.
‼️ Vaholanki, mazkur patologiya — butunlay oldini olish mumkin bo‘lgan onkologik kasallik. Buning uchun uni erta aniqlash, tashxislash zarur. Shu tariqa kasallanish va o‘lim holatlarining oldini olishga erishish mumkin.
💉 Ayni sababdan JSSTning bachadon bo‘yni saratonini bartaraf qilishni tezlashtirish bo‘yicha global strategiyasida 9-14 yoshdagi qizlarni odam papilloma virusiga karshi emlash tavsiya etilgan.
🔬 Qolaversa, ushbu xastalikni erta bosqichda aniqlash imkonini beruvchi diagnostika vositalari, samarali muolaja kurslari allaqachon tibbiy amaliyotda qo‘llanilmoqda.
📈 Biroq ba’zi o‘rta va past daromadga ega mamlakatlarda bu ikmkoniyatlar chegaralangan. Oqibatda ularda ushbu patologiyadan o‘lim ko‘rsatkichi 94 foizga yetgani achinarlidir.
⬇️ JSSTning tegishli strategiyasiga ko‘ra, 2030 yilga borib quyidagi uchta global maqsadni to‘liq amalga oshirish belgilangan:
🔢Qizlarning 90 foizini odam papilloma virusiga qarshi to‘liq emlash.
🔢 Ayollarning 70 foizini o‘z vaqtida skrining tekshiruvidan o‘tkazishni ta’minlash.
🔢 Saratonoldi holatlar aniqlangan ayollarni davolash qamrovini 90 foizga yetkazish.
✅ Shundan kelib chiqib, JSST hukumatlarni emlash qamrovini oshirish va soddalashtirilgan skrining dasturlarini yaratishni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
📌 Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2019 yildan boshlab milliy emlash kalendariga bachadon bo‘yni saratoniga qarshi qo‘llaniluvchi OPV vaksinasi kiritilgan bo‘lib, har yili 9 yoshli 350 ming nafardan ortiq qizlar ushbu kasallikka qarshi emlanmoqda.