Bugun 14 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Joylarda qator sudyalarning vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi

Joylarda qator sudyalarning vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan Toshkent shahar sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi O. Sattarov, Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Chust tuman sudining tergov sudyasi S. Yuldashev va Farg‘ona viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi D. Ubaydullayev - yozma arizalariga binoan sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.

Shuningdek, Xorazm viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Yangibozor tuman sudining tergov sudyasi D.Matniyazov - Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzganligi uchun lavozimlaridan ozod etilib, sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chimboy tumanlararo sudining sudyasi Z. Ametova ham yozma arizasiga binoan, lavozimidan ozod etildi. Uning vakolatlari muddatidan ilgari tugatish maqsadga muvofiq, deb topilgan va bu to‘g‘rida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga taqdimnoma kiritilgan.

Kiritildi: Bugun 15:11. O'qildi: 285 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!