Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Jo Bayden Texasni tabiiy ofat hududi deb e’lon qildi. AQShda anomal sovuq qurbonlari soni 60 kishiga yaqinlashdi

Jo Bayden Texasni tabiiy ofat hududi deb e’lon qildi. AQShda anomal sovuq qurbonlari soni 60 kishiga yaqinlashdi

AQSh prezidenti Jo Bayden kuchli qor yog‘ishi va anomal sovuq havo tufayli Texasni tabiiy ofat hududi deb e’lon qildi. Shu munosabat bilan u shtat aholisiga yordam berish uchun federal byudjetdan mablag‘ ajratishga buyruq berdi, deb xabar beradi «RBK».

«Prezident Jozef Bayden 2021 yil 11 fevralidan buyon davom etayotgan kuchli qor bo‘ronlaridan jabr ko‘rgan hududlarga qayta tiklanishga mahalliy darajada va shtat darajasida ko‘maklashish uchun federal yordam taqdim etishni topshirdi», — deyiladi Oq uy xabarida.

Aniqlik kiritilishicha, ajratilgan mablag‘lar jabrlanganlarni vaqtinchalik boshpana bilan ta’minlash, butun qolgan uylarni ta’mirlashga, shuningdek, kreditlar taqdim etish va boshqa yordam dasturlariga yo‘naltirilishi mumkin. Bundan tashqari, zarar hisoblab chiqilgach, mamlakat hukumati qo‘shimcha mablag‘ ajratishi mumkin.

The New York Times (NYT) ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh janubidagi anomal sovuq havo va kuchli qor oqibatida kamida 58 kishi halok bo‘lgan, ularning ko‘pchiligi — Texas shtatida.

Nashr axborotiga ko‘ra, statistika sovuqdan, is gazidan zaharlanishdan (xususan, avtomobillarda) yoki YTHda halok bo‘lgan fuqarolarni qamrab oladi. Shuningdek, uyda kelib chiqqan yong‘inlar qurbonlari ham hisobga olingan. Shu bilan birga, halok bo‘lganlar soni bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.

Hafta oxiriga kelib, Texasda 150 ming iste’molchi elektr tokisiz, 14 million kishi suvsiz va 260 ming odam ichimlik suvisiz qolmoqda.

AQSh janubida yashovchi aholi bir haftadan buyon mazkur hudud uchun anchayin noodatiy bo‘lgan juda sovuq ob-havo asoratlariga qarshi kurash olib bormoqda. Havo harorati 18 darajagacha tushib ketgan. Kamida 47 nafar odam sovuq oqibatida halok bo‘lgan, 4 milliondan ziyod uy xo‘jaliklari issiqlik va elektr energiyasi ta’minotidan uzilib qolgan.

Bloomberg AQShda rekord darajadagi sovuqlar shamol elektrostansiyalari va quyosh batareyalarining ishdan chiqishiga olib kelgani, bu esa elektr energiyasi va gaz narxlarining ko‘tarilishiga sabab bo‘lgani  haqida xabar bergan. Texas elektr tarmog‘i operatorining aytishicha, elektr quvvati tanqisligi elektr stansiyalarida tabiiy gaz yetishmasligi va muzlash tufayli shamol elektr stansiyalarining to‘xtab qolishi bilan bog‘liq.

Kiritildi: 13:31 21.02.2021. O'qildi: 2204 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!