Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Jizzaxdagi do‘kon va omborxonada yong‘in yuzaga keldi

Jizzaxdagi do‘kon va omborxonada yong‘in yuzaga keldi

Bugun, 27 iyun kuni soat 14:45 da Jizzax viloyati Do‘stlik tumani “Chinobod” MFY Do‘stlik ko‘chasida joylashgan “Do‘stlik dehqon bozori” hududida joylashgan tovuq mahsulotlari do‘koni va omborxona tomining 56 m.kv shift qismi hamda do‘kondagi mahsulotlar yongan.

Yong‘inga soat 14:48 da 2 ta yong‘in qutqaruv ekipaji yetib borgan, 14:53 da yong‘in o‘rab olingan, 15:23 da o‘chirilgan.

Yong‘indan qo‘shni do‘konlarning 80 m.kv maydoni saqlab qolingan. Fuqarolarning tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmadi.

Yong‘inning sababi va zarari aniqlanmoqda.

Kiritildi: 17:07 27.06.2022. O'qildi: 1764 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!