Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Jizzaxda yuk mashinasi haydovchisi rulda uxlab qoldi. Oqibatda ayoli va farzandi halok bo‘ldi

Jizzaxda yuk mashinasi haydovchisi rulda uxlab qoldi. Oqibatda ayoli va farzandi halok bo‘ldi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan M39 yo‘lining 984-kilometrida 22 fevralga o‘tar kechasi soat taxminan 03:30 da inson o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

IIV YHXBBdan ma’lum qilishlaricha, shu tumanda yashovchi fuqaro N.S. GAZ-5327 rusumli yuk mashinasini Toshkent yo‘nalishida boshqarib borayotib, rulda uxlab qolishi sabab mashina yo‘l chetiga ag‘darilgan.

Hodisa oqibatida yuk mashinasi salonida bo‘lgan haydovchining turmush o‘rtog‘i — SH.S. va voyaga yetmagan farzandi — S.T. tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.

Kiritildi: 18:56 22.02.2020. O'qildi: 2373 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!