Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Jizzaxda tadbirkorni 50 mln. so‘mga chuv tushirishgan shaxslar ushlandi

Jizzaxda tadbirkorni 50 mln. so‘mga chuv tushirishgan shaxslar ushlandi

Jizzax. 2020 yilning 02 iyul kuni 51 yoshli E.D. Mirzacho‘l tumani IIB ga ariza bilan murojaat qilib, unda joriy yilning 01 iyul kuni soat 13:00 da o‘zini “N” ismli shaxs unga qo‘ng‘iroq qilib, Mirzacho‘l tumani O‘zbekiston QFYda fermer xo‘jaligi rahbari ekanligini, sotiladigan 40 tonna g‘allasini savdolashib narxiga kelisha olsa sotishini aytganini, shundan so‘ng g‘allani ko‘rish uchun, shu kuni soat 20:30 da E.D. boshqaruvida bo‘lgan “Gentra” rusumli, avtomashinasida Mirzacho‘l tumani O‘zbekiston QFYga borib, avtomashinani yo‘l chetiga qo‘yib,  g‘allani ko‘rish uchun “N” ismli shaxs bilan taxminan 500 metr dalaga kirganida,“N” ismli shaxs qochib ketganligini, orqasiga qaytib avtomashinasini ko‘zdan kechirganida, avtomashinaning old oynasi sindirilib, orqa yukxonasida bo‘lgan 50.000.000 so‘m pullar o‘g‘irlab ketilganini ko‘rsatib, ushbu noma’lum shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzacho‘l tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib ancha miqdorda sodir etilgan o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni 24 yoshli SH.X. va B.YA., 38 yoshli U.YU. va 35 yoshli D.Z., lar sodir etganliklari aniqlanib, ulardan jami 6.930.000 so‘m pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirilib olingan. Barcha shaxslar ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Kiritildi: 18:00 06.07.2020. O'qildi: 2284 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!