Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Jizzaxda "Neksiya"lar to‘qnashdi. Haydovchilar halok bo‘ldi, yo‘lovchilar kasalxonada

Jizzaxda "Neksiya"lar to‘qnashdi. Haydovchilar halok bo‘ldi, yo‘lovchilar kasalxonada

2020 yil 15 oktyabr kuni soat 16:00 da Jizzax viloyati G‘allaorol tumani Buloqboshi QFY hududidan o‘tgan 4R-40 “Dashtobod-Zomin-Baxmal-G‘allaorol” avtomabil yo‘lining 173-kilometrida “Baxmal” yo‘nalishida, 1994-yilda tug‘ilagan fuqaro I.Sh o‘z borqaruvidagi “Neksiya-2” rusumli transport vositasi bilan katta tezlikda harakatlanib kelib rul boshqaruvini yo‘qotishi natijasida yo‘lning qarama qarshi yo‘nalishiga chiqib ketib, 1992 yilda tug‘ilgan E.R ning boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli transport vositasi bilan to‘qnashib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Natijada har ikkila transport vositalari haydovchilari olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etishgan. Shuningdek, “Neksiya-2” avtomashinasida yo‘lovchi sifatida kelayotgan 1994 yilda tug‘ilgan A.U hamda “Neksiya” rusumli transport vositasi yo‘lovchisi 1964 yilda tug‘ilgan B.Sh lar turli darajada tan jarohatlari olib G‘allaorol tumani Markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Hozirda maskur holat yuzasidan G‘allaorol tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:21 16.10.2020. O'qildi: 2702 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!