Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Jizzaxda muhtoj oilalarga nega 1 mln emas, 390 ming so‘mdan berilgani ma’lum bo‘ldi

Jizzaxda muhtoj oilalarga nega 1 mln emas, 390 ming so‘mdan berilgani ma’lum bo‘ldi

Sharof Rashidov tumani hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Davlatimiz tomonidan ajratilgan pullar talon-toroj qilinmoqda. Jizzax viloyati SH.Rashidov tumani Oqtosh ota MFYda 350 ming so‘mdan tarqatildi. Hamma jon kuydirib 1 milliondan tarqatiladi, deyapti. Bu noinsoflar 650 ming kam bermoqda" degan mazmunda tarqalgan xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.

Hokimlikka ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 29 iyuldagi 346-F sonli Farmoyishiga muvofiq koronavirus pandemiyasi davrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida 150 mlrd so‘m pul mablag‘lari ajratilgandi. Mazkur pul mablag‘larining 5 mlrdi Jizzax viloyati uchun taqsimlandi.

Mazkur mablag‘lar Hayit barami arafasida joylarda 4 sektor rahbarlari tomonidan ehtiyojmand oilalarning 10293 tasiga tarqatildi.

SH.Rashidov tumanidagi Oqtosh MFY 3 sektori IIBga qarashli bo‘lib, mazkur sektor o‘z hududidagi barcha ehtiyojmand oilalarni qamrab olish uchun ajratilgan mablag‘ni teng taqsimlagan va 390 mingdan berilgan.  

Bunda, asosan, ehtiyojmand oilalar guruhlarga bo‘lindi. Unga ko‘ra: o‘ta muhtoj, muhtoj va vaqtincha muhtoj oilalar. "Sektor rahbarlari moddiy mablag‘larni taqsimlashda oilaning muhtojlik darajasi va oila a’zolari soniga hamda eng asosiysi bugungi pandemiya sharoitida iloji boricha ko‘proq oilani qamrab olish jihatlariga e’tibor bergan. Shu tomonlariga e’tibor qaratishingizni iltimos qilar edik. Hozirda viloyatda mavjud 14 mingdan ortiq ehtiyojmand oilalarning moddiy yordam olmagan qismi qayta ro‘yxat qilib shakillantirilmoqda", deyiladi hokimlikning bayonotida.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan Jizzax viloyati, SH.Rashidov tumani, Oqtosh MFYdagi ehtiyojmand oilalarga ajratilgan mablag‘lar Ichki ishlar boshqarmasi vakili, mahalla raisi bilan to‘lov qaydnomasi ro‘yxati asosida tarqatildi.

Bu holatda hech qanday qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yilmagan. Ushbu farmoyishning ijrosi tegishli viloyat boshqarma va tashkilotlari tomonidan qat’iy nazoratga olingan.

Kiritildi: 16:59 09.08.2020. O'qildi: 5019 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!