Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Jizzaxda mudhish jinoyat: 9-sinf o‘quvchisi ona bo‘ldi

Jizzaxda mudhish jinoyat: 9-sinf o‘quvchisi ona bo‘ldi

Jizzaxda 9-sinch o‘quvchisi o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda. 

Gap shundaki, joriy yilning 14 noyabr kuni Jizzax shahar “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, Jizzax shahar 5-sonli o‘rta maktabning 15 yashar o‘quvchisi sog‘lig‘i yomonlashganligi sababli RSHTYOIMning Jizzax filialiga murojaat qiladi, deydi "qalampir.uz".

RSHTYOIMning Jizzax filialida uning xomilador ekanligi ma’lum bo‘ladi. Unga Jizzax viloyati Perinatal markaziga yo‘llanma berilgan bo‘lib, u shu kuni 1-tug‘ruq bo‘limida 34 haftalik o‘g‘il farzandni dunyoga keltiradi. 
 
Holat yuzasidan bugun, 19 noyabr kuni Jizzax shahar IIO FMB qoshidagi Tergov departamenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 128-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlarini olib borilmoqda.

Kiritildi: 07:30 20.11.2019. O'qildi: 7351 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!