Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Jizzaxda kollej xodimasi 1 million 800 ming so‘m pulni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritmoqchi bo‘ldi

Jizzaxda kollej xodimasi 1 million 800 ming so‘m pulni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritmoqchi bo‘ldi

Jizzax viloyat ichki ishlar boshqarmasiga Jizzax shahar Sayiljoyi mahallasida istiqomat qiluvchi 1993 yilda tug‘ilgan Jizzax yengil sanoat kasb-hunar kollejining 3-bosqich talabasi M.B. shu kollejning ishlab chiqarish ta’limi ustasi vazifasida ishlab kelgan shaxsning firibgarligi vajidan murojaat qildi. 

Jizzax viloyati IIB Axborot xizmatining "ANIQ.UZ"ga ma’lum qilishicha, talaba M.B.dan Sharof Rashidov tumani, “Ziyokor” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 1979 yilda tug‘ilgan kollej xodimasi SH.R. fanlardan baholarini qo‘ydirib, kollej diplomini olib berishini va’da qilgan. Buning evaziga 1 million 800 ming so‘m pul so‘ragan.   

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘z xavfsizlik boshqarmasi Jizzax viloyati bo‘yicha bo‘limi va viloyat IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Fuqaro SH.R. kollej hududida va’da qilingan pullarni talabadan olayotgan vaqtda ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Hozirda Jizzax shahri ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

      

Kiritildi: 15:52 30.10.2019. O'qildi: 2030 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!