Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Jizzaxda attraksion qulab, bir qiz halok bo‘ldi: jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Jizzaxda attraksion qulab, bir qiz halok bo‘ldi: jinoiy ish qo‘zg‘atildi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Jizzax shahridagi «Istiqlol» bolalar istirohat bog‘idagi attraksionda ro‘y bergan hodisa yuzasidan ma’lumot berdi. Bu haqda «Kun.uz» xabar bermoqda.

«2019 yil 28 iyun kuni soat 12:30 larda Jizzax shahar, «Navro‘z» mahallasi hududidagi «Istiqlol» bolalar istirohat bog‘idagi YATT «Mamatqulov Burxon»ga qarashli «Uchar likopcha» attraksioni aylanayotgan vaqtida attraksionning «likopcha» qismi tayanch o‘qiga payvandlash chokidan uzilishi oqibatida 7 metr balandlikdan yerga qulab tushgan bo‘lib, 8 nafar mijozdan bir nafari, ya’ni 1999 yilda tug‘ilgan X.M. «hayoti uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati» olib voqea joyida vafot etgan.

«Uchar likopcha» attraksioni 2019 yil mart oyida «Istiqlol» bolalar istirohat bog‘iga o‘rnatilgan bo‘lib, YATT «Mamatqulov Burxon» tomonidan foydalanib kelingan.

Voqea sodir bo‘lgan joyga viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari, Jizzax shahar prokurori, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, shahar IIO FMB boshlig‘i va boshqa tezkor xodimlar chiqdi.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 257-moddasi 2-qismi «a» bandi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan», deyiladi bosh prokuratura ma’lumotida.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda va viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Kiritildi: 16:01 29.06.2019. O'qildi: 2403 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!