Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Jizzax shahriga kirish-chiqish qattiq nazoratga olindi. Shahardagi to‘rtta mahalla yopildi

Jizzax shahriga kirish-chiqish qattiq nazoratga olindi. Shahardagi to‘rtta mahalla yopildi

Jizzax shahar hokimining 2020 yil 1 iyuldagi №796-sonli qaroriga muvofiq shaharga kirish va chiqish qattiq nazorat ostiga olindi. Bu haqda «Sangzor.uz» xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shahar hududidagi 4 ta mahallada koronavirus bilan kasallanganlar aniqlangan.

«Shu munosabat bilan 2 iyuldan boshlab Jizzax shahriga kirish va chiqish qattiq nazoratga olindi. «Qaliya», «Bunyodkor», «Zilol» va «Madaniyat» mahallalari hududlariga kirib-chiqish to‘xtatildi», — deyiladi xabarda.

Bunga qadar viloyatning Sharof Rashidov, Do‘stlik va G‘allaorol tumanlari «qizil» hudud toifasiga kiritilgan edi. 29 iyun kuni Jizzaxda tug‘ilgan kunda koronavirus yuqtirib olgan 72 yoshli otaxon vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

30 iyun kuni O‘zbekistondagi tuman va shaharlar epidemiologik toifalari ro‘yxati yangilangan. Yangi ro‘yxatga ko‘ra, Sharof Rashidov tumani «qizil», qolgan barcha tumanlar «yashil» hududga kiritilgan edi.

O‘zbekistonda 2 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8904 nafarga yetdi.

Kiritildi: 12:17 02.07.2020. O'qildi: 2860 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!