Bugun 17 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Jirinovskiy AQSh qachon dunyo xaritasidan yo‘qolishini aytdi

Jirinovskiy AQSh qachon dunyo xaritasidan yo‘qolishini aytdi

LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy u yuz yillik yubileyini nishonlagan paytida Amerika Qo‘shma Shtatlari davlat sifatida yo‘q bo‘ladi, deya fikr bildirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Parlamentariy sal oldin AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya gipertovushli raketa g‘oyasini o‘g‘irlagani haqida gapirganini esladi.

"Tramp, yaratgan ixtirolaring tarixiga bir nazar sol. Ularning barchasini yahudiylar, nemislar va ruslar yaratgan. Amerikaliklar hech narsaga qodir emas. Ular - kovboy, pepsi-kola, viski, to‘pponcha. Bo‘ldi, shu", – deydi Vladimir Jirinovskiy.

Uning fikricha, aynan AQSh ko‘pdan-ko‘p hollarda "butun dunyodan" yutuqlarni o‘g‘irlaydi.

"Baraxolka-davlat, cherkizon-davlat. U yana ko‘pi bilan 15-20 yil yashashi mumkin. Men yuz yoshni qarshilagan vaqtimda u davlat mavjud bo‘lmaydi. Meksikaliklar, kanadaliklar va boshqa istalgan davlat bo‘lishi mumkin, faqat AQSh emas. AQSh davlati tarqatib yuborilgani, u endi yo‘qligi haqida e’lon qilingan kun - bu sovg‘a bo‘ladi. AQShni yaqin o‘n yillikda tugatish kerak, shuni vaqti keldi", - deydi ishonch bilan Jirinovskiy.

Kiritildi: 17:16 22.09.2020. O'qildi: 5664 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!