Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Jinoyat! Samarqand davlat universitetining uch nafar talabasi jirkanch ishga qo‘l urishdi

Jinoyat! Samarqand davlat universitetining uch nafar talabasi jirkanch ishga qo‘l urishdi

SamDU talabalari M.M., M.R. va J.O‘.ga nisbatan 1-1401-1902/684-sonli jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“7News.uz” nashrining ishonchli manbasi xabariga ko‘ra, 1995 yil 9 aprel kuni Tayloq tumanida tug‘ilgan, SamDU talabasi M.M., 1992 yil 1 avgust kuni Ishtixon tumanida tug‘ilgan, SamDU talabasi M.R., 1998 yil 4 fevral kuni Ishtixon tumanida tug‘ilgan, SamDU talabasi J.O‘.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi “v” bandi va 227-moddasi 2-qismi “a” bandi, 241-moddasi 2-qismi bilan ayblanmoqdalar.

M.M. va M.R. tovlamachilik, ya’ni jabrlanuvchiga zo‘rlik ishlatish, jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilish bilan qo‘rqitib, jabrlanuvchini o‘z mulkini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo‘yish maqsadida, M.M. va M.R. ijarada turadigan Samarqand shahar Anhor ko‘chasida uyda, u yerda bir kunga vaqtinchalik turgan fuqaro E.A. va N.M.(qiz bola) ikkalasi bir xonada turgan holatini o‘zining uyali telefoniga video tasvirga olishgan hamda ushbu videoni internetda tarqatish va ularni sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, jabrlanuvchi A.E., M.N. va F.X.ning fuqarolik pasportlarini olib qo‘yishgan.

Pasportlarni qaytarib berish va videoni tarqatmaslik uchun, A.E.dan 500 AQSh dollari talab qilishgan va talabalar bu pulni olayotgan vaqtlarida Samarqand shahar IIB JQB tezkor vakillari tomonidan qo‘lga olinishdi.

Kiritildi: 15:40 10.12.2019. O'qildi: 10577 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!