Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Jinoiy til biriktirgan shifokor va inspektorning firibgarligi fosh bo‘ldi

Jinoiy til biriktirgan shifokor va inspektorning firibgarligi fosh bo‘ldi

Sariosiyo tuman DSENM shifokori O.E. va Surxondaryo viloyat transport boshqarmasi inspektori B.X. lar o‘zaro jinoiy til biriktirib, fukaro S. ning “Neksiya” rusumli avtomashinasining hujjatlarini “To‘palang” YPX maskanida karantin qoidalariga rioya qilishi bo‘yicha tekshiruvda to‘xtatib,  olib qo‘yadi. Go‘yoki u kirakashlik faoliyati bilan shug‘ullanganligi bo‘yicha javobgarlikga tortish mumkinligini aytib, fuqaro S. dan 1 mln. so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritmoqchi bo‘ladi.

Departamentning Uzun tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda firibgarlar 1 mln. so‘m miqdordagi pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sariosiyo tuman DSENM shifokori O.E. va viloyat transport boshqarmasi inspektori B.H. larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmokda.

Kiritildi: 15:01 10.08.2020. O'qildi: 4000 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!