Bugun 2 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Jiddadagi yig‘ilish ishtirokchilari Ukraina hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatladi

A A A
Jiddadagi yig‘ilish ishtirokchilari Ukraina hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatladi

Jiddadagi yig‘ilish ishtirokchilari Ukraina hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatladi, deb yozadi The Financial Times. Nashr manbalarining qayd etishicha, bunday maslahatlashuvlarda ilk bor ishtirok etgan Xitoy kelishuv masalasida konstruktiv pozisiyani namoyish etgan.

Yana bir yevropalik diplomatning qo‘shimcha qilishicha, Xitoy navbatdagi shunday uchrashuvda ishtirok etishga tayyorligini bildirgan. Fransiyaning Le Point haftalik nashri avvalroq xabar berganidek, maslahatlashuvlar ishtirokchilari navbatdagi konferensiyani ham Global janubdagi mamlakatda o‘tkazishga qaror qilishdi.

Jiddadagi maslahatlashuvlarni sharhlar ekan, Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Burbok Braziliya, Xitoy yoki Janubiy Afrikada Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealarga qarash Yevropanikidan farq qilishini tan oldi.

Kiritildi: 13:03 07.08.2023. O'qildi: 1365 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!