Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Jek Ma Xitoyning eng badavlat odami maqomini yo‘qotdi

Jek Ma Xitoyning eng badavlat odami maqomini yo‘qotdi

Alibaba internet-do‘koni asoschisi Jek Ma Xitoyning eng badavlat odami maqomini yo‘qotdi. Ushbu nomga endilikda butilkalangan ichimlik suvi va gazli ichimliklar ishlab chiqaruvchi Nongfu Spring hamda vaksinalar ishlab chiqaruvchi Beijing Wantai Biological Pharmacy kompaniyalari asoschisi Chjun Shanshan ega hisoblanadi.  
        
Jek Ma boyligi Alibaba aksiyalari arzonlashgach, 56,7 mlrd dollargacha qisqargan. Bu orada Chjun Shanshan boyligi 58,7 mlrd dollarga yetgan. Bu esa uni nafaqat eng boy xitoylikka, balki hind magnati Mukesh Ambanidan (85 mlrd dollar) keyin 2-raqamli eng boy osiyolikka aylantirdi.  

O‘z hayoti davomida quruvchi, jurnalist va ichimliklar sotish bo‘yicha savdo vakili bo‘lishga ulgurgan 65 yoshli Chjun Shanshan 1996 yil Nongfu Spring kompaniyasiga asos solgan. Kompaniya gazlangan va gazlanmagan ichimliklar ishlab chiqaradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2012 yilda kompaniya mahsuloti Xitoy ichimliklar bozorida eng ommaviy mahsulot bo‘lgan. Joriy sentyabr boshida kompaniya Hongkong fond birjasida aksiyalarini sotuvga chiqargan. Savdolarning birinchi kunidayoq aksiyalar 54 foizga qimmatlab, Nongfu Spring kapitallashuvini 48 mlrd dollargacha yetkazgan.

Kiritildi: 23:02 24.09.2020. O'qildi: 2922 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!