Bugun 16 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Jek Ma Xitoy hukumatini tanqid qilganidan keyin g‘oyib bo‘ldi

Jek Ma Xitoy hukumatini tanqid qilganidan keyin g‘oyib bo‘ldi

Alibaba Group asoschisi, milliarder Jek Ma Xitoy hokimiyatini tanqid qilganidan keyin ikki oydan oshiq vaqt davomida ko‘rinish bermadi. Bu haqda Fox Business xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Xitoyning eng boy odamlaridan biri 24 oktyabr kuni Shanxayda islohotlar o‘tkazish va "kelajak avlod va yoshlar uchun" yangi iqtisodiy tizimni yaratishni talab qilgandi. Shundan so‘ng Jek Ma noyabr oyida o‘tkazilgan "Afrikaning biznes qahramonlari" shousining finalida ko‘rinmadi. So‘ng uning kompaniyasi dekabr oyida boshlangan antitrestlik tekshiruviga duch keldi.

Shuningdek, tadbirkor promo-video rolikdan olib tashlandi, deb yozadi Financial Times.

Kiritildi: 12:09 05.01.2021. O'qildi: 4020 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!