Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

JCH-2026: Debyutantlar soni 3 taga yetdi

JCH-2026: Debyutantlar soni 3 taga yetdi

Kabo-Verde terma jamoasi jahon chempionatiga yo‘llanma oldi. Jamoa saralash guruhida Afrika qit’asidagi ancha nufuzli Kamerun terma jamoasini ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egalladi.

Kabo-Verde terma jamoasi uchun jahon chempionatiga chiqish tarixiy hisoblanadi. Bungacha "ko‘k akulalar" hech qachon mundialga chiqmagan.

Darvoqe, Kabo-Verde terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati ishtirokchilari ro‘yxatida uchinchi debyutantga aylandi. Avvalroq tarixda ilk bor O‘zbekiston va Iordaniya terma jamoalari mundialga yo‘l olgandi.

Kelgusi yozda jahon chempionatida jami 48 ta terma jamoa ishtirok etadi. Ishtirokchilarning deyarli yarmi allaqachon aniqlangan.

Kiritildi: 23:33 13.10.2025. O'qildi: 1281 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!