Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Jazirama tufayli Samarqand viloyatidagi daryolarda suv sathi ko‘tarilmoqda (foto)

Jazirama tufayli Samarqand viloyatidagi daryolarda suv sathi ko‘tarilmoqda (foto)

Ma’lumki, joriy yilning 16-22 iyul kunlari respublikamiz hududiga qo‘shni Turkmaniston Respublikasi orqali Eron davlati hududidan issiq havo oqimi kirib kelishi sababli joylarda harorat 44-45 darajagacha issiq bo‘lishi kuzatilmoqda. Buning natijasida Tojikiston va Qirg‘iziston hududlaridan respublikamizning tog‘ va tog‘oldi hududlariga glyasial sel oqimlarining o‘tish ehtimoli mavjud. Bu haqda "Zarafshon" nashri yozmoqda.

FVV ma’lum qilishicha, bu esa o‘z navbatida mamlakatimizdagi daryolardagi suv hajmining sezilarli ko‘payishiga olib keladi. Xususan, o‘tgan yillar bilan taqqoslaganda Samarqand viloyati hududidan oqib o‘tuvchi Zarafshon, Qoradaryo va Oqdaryo daryolarida ham suv hajmi nisbatan oshganligini kuzatishimiz mumkin.

Kutilayotgan issiq kunlarni betalofat o‘tkazish maqsadida, Samarqand viloyatida ham tegishli amaliy tadbirlar olib borilmoqda. Daryolar qirg‘oqlarini, ko‘priklarni mustahkamlash, muhofaza zonasida joylashib qolgan ob’ektlarni aniqlab bartaraf etish, himoya dambalarining xavfsizligini ta’minlash shular jumlasidandir.

Ta’kidlash joiz, ayni damda Zarafshon daryosining Jomboy tumani qo‘riqxona  hududidagi himoya dambasini mustahkamlash bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar boshqarmalari, viloyat va Jomboy tuman hokimligi, Zarafshon magistral suvlardan foydalanish boshqarmasi hamda boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zaruriy muhandislik ishlari olib borilmoqda.

Mazkur tadbirlarga jami 184 nafar ishchi-xodim, shuningdek 60 ga yaqin maxsus texnikalari jalb etilgan.

Kiritildi: 18:09 18.07.2019. O'qildi: 2979 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!