Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Jasurbek Ibragimovning onasi Prezidentga yana murojaat qildi

Jasurbek Ibragimovning onasi Prezidentga yana murojaat qildi

2017 yilda “Barovskiy” kolleji talabasi Jasurbek Ibragimov vafot etgan edi. Uning vafoti yuzasidan 6 nafar shaxs gumonlangan va holat yuzasidan Islombek To‘laganov aybdor deb topilib, qamalgan edi.

Lekin keyinchalik u ham qamoqdan ozod etilib, qayta o‘qishni davom ettirayotgani ma’lum qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha Jasurbekning onasi Nilufar Aliyeva Prezidentga murojaat qilgan, deydi "everyday.uz".

Aliyeva murojaatida Islombek qamoqdan ozod etilgani va xatto Olmazor tibbiyot kollejida o‘qishni davom ettirayotganini, qilgan ishidan pushaymon bo‘lmaganini yozgan.

Murojaatda Jasurbek Ibragimov kasalligi yuzasidan ikkita klinika tomonidan berilgan tashhis tarixi jinoyat ishidan yo‘qolib qolgani ham yozilgan. “Men o‘zim shaxsan ishni varaqlab qayta ko‘rib chiqdim. Kasallik tarixini men ham, advokatim ham, sud ham topa olmayapdi, deydi Aliyeva. Kim va nima sababdan uni yo‘qotgan menga haligacha tushinarsiz”.

Marhumning onasi Prezidentdan yordam so‘rab murojaat qilgan va quyidagilarni ochiqlash bo‘yicha topshiriq berishni so‘ragan:

– nega qilmishidan pushaymon bo‘lmagan jinoyatchi ozodlikka chiqarildi?

– nega unga berilgan qamoq muddatini o‘tamayapti?

– nega u tibbiyot sohasida o‘qishni davom ettiryapti?

– kim ikkita klinikadan olingan va jinoyat ishida rasman bor deb ko‘rsatilgan kasallik tarixini yo‘qotib yubordi?

“Hurmatli Prezident, men 2017 yilda Sizning aralashuvingizdan so‘ng jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va tergov boshlanganini mamnuniyat bilan eslayman”, – deb yozadi Nilufar Aliyeva.

Kiritildi: 07:30 14.12.2019. O'qildi: 5675 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!