Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Jastin Biber "Ferrari"siz qoldi

Jastin Biber "Ferrari"siz qoldi

Ferrari o‘z mijozlari uchun «etika kodeksi»ni shakllantirgan bo‘lib, unga ko‘ra kompaniya sportkarlar egalaridan avtomobilga qanday munosabatda bo‘lish va ijtimoiy tarmoqlarga mashinaga oid post joylashtirib bo‘yicha qator talablarni qo‘yadi. Bunga rioya qilmaganlar, mavqeyidan qat’i nazar brenddan ajratiladi va ularga ushbu kompaniya modellarini xarid qilish taqiqlanadi. Bu safar Ferrari’ning «qora ro‘yxati»dan kanadalik qo‘shiqchi Jastin Biber o‘rin oldi, deb xabar beradi Motor.

2016 yilda musiqachi Ferrari 458 Italia’ni sotib olgan va unga Liberty Walk kuzov «obvesi»ni o‘rnatishni Kaliforniyadagi West Coast Customs tyuning-atelyesiga ishonib topshirgan. Bundan tashqari, kupeda 20 dyuymli Forgiato Dieci-ECL g‘ildiraklari paydo bo‘lgan, kuzovga Forgiato Blue havorang plyonkasi qoplangan, saloniga qimmat audiotizim o‘rnatilgan.

Oradan bir yil o‘tgach, Biber o‘zining sportkarini Barrett-Jackson Auction auksioni orqali 434,5 ming dollarga sotgan, biroq endi Jastin rasman yangi Ferrari sotib ololmaydi. Bunga qo‘shiqchi mashinani keskin tyuning qilib yuborgani bois Italiya markasining «qora ro‘yxati»ga kiritilgani sabab bo‘lgan. Shuningdek, bunga 2016 yildagi voqea ham sabab bo‘lgan, o‘shanda Biber mashinasini Beverli-Xillzdagi Montage mehmonxonasi yoniga qo‘ygan va uni topa olmagan, uch haftadan so‘ng avtomobilni izquvarlar topishga muvaffaq bo‘lgan.

Mazkur voqea OAVda keng yoritilgan va bu Ferrari’ga yoqmagan. Brendning «ko‘rishni xohlamaydigan mijozlari» ro‘yxatidan Biberdan tashqari, reperlar 50 Sent va Tyga, aktyor Nikolas Keyj, bokschi kichik Floyd Meyveyzer va fotomodel Kim Kardashyan kiritilgan. Ularning barchasi turli sabablarga ko‘ra Ferrari g‘azabiga uchragan.

Kiritildi: 06:00 11.05.2022. O'qildi: 2890 marta. Fikrlar soni: 4 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!