Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Jastin Biber barcha qo‘shiqlari uchun mualliflik huquqini 200 mln dollarga sotdi

Jastin Biber barcha qo‘shiqlari uchun mualliflik huquqini 200 mln dollarga sotdi

Kanadalik xonanda Jastin Biber o‘zining barcha qo‘shiqlari uchun mualliflik huquqini “Hipgnosis Songs Capital” kompaniyasiga sotib yubordi.

XXI asrning eng mashhur san’atkorlaridan biri 28 yoshli Jastin Biber bir umr qo‘shiqlari uchun gonorar olish o‘rniga, o‘z asarlariga bo‘lgan huquqlarni katta summaga sotishga qaror qilgan mashhur musiqachilar safiga qo‘shildi.

Endi, dunyoning biron bir joyida odamlar Biberning qo‘shiqlarini striming platformalarida tinglashsa yoki uning musiqasi radio, televizor yoki filmlarda paydo bo‘lsa, gonorar endi musiqachiga emas, balki mualliflik huquqining yangi egasiga tushadi.

Gap Jastin Biberning 2021 yil 31 dekabrgacha chiqarilgan 290 ta qo‘shiqlari haqida bormoqda. Ular orasida 2010 yilgi "Baby", 2015 yil "Sorry" va keyingi yillarning boshqa xitlari ham bor.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kelishuv qiymati 200 million AQSh dollariga teng bo‘lgan.

Kiritildi: 23:42 26.01.2023. O'qildi: 3779 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!