Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Jasorat va qahramonlik hikoyasi: "101 reys" filmining katta premyerasi bo‘lib o‘tdi

Jasorat va qahramonlik hikoyasi: "101 reys" filmining katta premyerasi bo‘lib o‘tdi

1 iyun kuni Kinochilar uyida Akrom Shahnazarov rejissyorligidagi “101 reys” filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Film Kinematografiya agentligi va “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan.

Filmda "Boing 757" samolyoti ekipaji va yo‘lovchilari bilan sodir bo‘lgan ahamiyatli kun va voqealar haqida hikoya qilinadi. 2001-yil 11-sentyabr, erta tongda “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining samolyoti Toshkentdan havoga ko‘tarildi. Bu parvoz tajribali uchuvchi Zarif Saidazimovning so‘nggi, yakunlovchi parvozi bo‘ldi.

"«101-reys» kinokartinasi mard qahramonlar hamisha oramizda ekanligini isbotlovchi film bo‘lgan. Unda nafaqat samolyot ekipaji, balki xavf-xatarga duch kelganda kuchlarini yig‘ib, o‘zlarining kuchli xislatlarini ochib bera oladigan oddiy odamlarning jasorati, ular o‘z ishining ustasi ekanligi va matonati aks ettirilgan. Bugungi premyera - filmdagi bosh rollardan birini yaratgan, ammo premyerani ko‘rishgacha umr ko‘rmagan va bugungi bayramni biz bilan baham ko‘ra olmagan sevimli aktyorimiz Hoshim Arslonovning xotirasiga hurmat-ehtirom hamdir. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar doirasida, Qashqadaryoda “101 reys” filmining ilk namoyishi allaqachon bo‘lib o‘tgan. Bugun esa film toshkentlik tomoshabinlarga namoyish etilmoqda”, - deya izoh berdi, O‘zbekiston Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov.

“Premyera kuni uzoq kutilgan kun, bu kun har bir aktyor, butun suratga olish guruhi uchun bayram kunidir. Men ushbu filmning premyerasini intiqlik bilan kutgandim, chunki uning syujeti- men uchun juda qadrli. Mening filmografiyamda, "101 reys" filmining alohida o‘rni bor. S’yomka jarayonlari uzoq davom etdi va ijodiy ishlarimning eng qiziqarlisi bo‘ldi”, - deya o‘rtoqlashdi aktyor Umid Iskandarov.

Film ssenariysi muallifi va rejissyori Akrom Shaxnazarov, postanovkachi operator Dilmurod Turdiboyev, rassom Alisher To‘laboyev, liboslar bo‘yicha rassom Shahnoza Abdullajonova.
Bosh rollarda: Hoshim Arslonov, Umid Iskandarov, Oleg Galaxov, Lola Eltoyeva, Erkin Bozorov, Xurshid To‘xtayev va boshqalar.

Jasorat va qahramonlik hikoyasi: "101 reys" filmining katta premyerasi bo‘lib o‘tdi

Jasorat va qahramonlik hikoyasi: "101 reys" filmining katta premyerasi bo‘lib o‘tdi

Jasorat va qahramonlik hikoyasi: "101 reys" filmining katta premyerasi bo‘lib o‘tdi

Jasorat va qahramonlik hikoyasi: "101 reys" filmining katta premyerasi bo‘lib o‘tdi

Jasorat va qahramonlik hikoyasi: "101 reys" filmining katta premyerasi bo‘lib o‘tdi

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

Kiritildi: 14:27 03.06.2022. O'qildi: 3142 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!