Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Janubiy Koreyada parranda grippi tarqalishi sababli qariyb 19 million qush yo‘q qilindi

Janubiy Koreyada parranda grippi tarqalishi sababli qariyb 19 million qush yo‘q qilindi

Janubiy Koreyaning Oziq-ovqat, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi vazirligi parranda grippi tarqalishi natijasida mamlakat fermer xo‘jaliklaridagi 18,8 million qushning yo‘q qilinganligi haqida xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, birinchi parranda grippi bilan bog‘liq holat noyabr oyining oxirida Cholla-Pukto  viloyatidagi o‘rdak fermasida qayd etilgan. Shundan so‘ng virus mamlakatning boshqa hududlarida ham aniqlana boshlagan.

Parranda grippi bo‘yicha mamlakat bo‘ylab ogohlantirish darajasi "jiddiy xavf" darajasiga ko‘tarilgan. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, noyabr oyi oxiridan beri mamlakatda 66 holat tasdiqlangan. Qonunga ko‘ra, o‘chog‘idan uch kilometr radiusda joylashgan barcha qushlar yo‘q qilingan.

Kiritildi: 22:45 18.01.2021. O'qildi: 1526 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!