Bugun 15 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Janubiy Koreya xitoylik turistlar uchun vaqtinchalik vizasiz tartibni joriy qildi

Janubiy Koreya xitoylik turistlar uchun vaqtinchalik vizasiz tartibni joriy qildi

Janubiy Koreya 2025 yil 29 sentyabrdan 2026 yil iyunigacha Xitoydan keladigan turistik guruhlar uchun vizasiz kirish imkonini yaratadi. Bu tadbir Osiyo-tinch okeani hamkorlik tashkiloti (APEC) sammiti arafasida xorijiy sayyohlar oqimini oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda, deb xabar beradi Reuters agentligi.

Koreya Respublikasi Turizm vazirligining ma’lum qilishicha, Xitoyda oktyabr oyi boshidagi bayramlar davriga qadar vizasiz rejimni joriy etish to‘g‘risidagi qaror sayyohlar oqimi tiklanayotgan bir paytda iqtisodiyotni rag‘batlantirishga qaratilgan.

Bu haqda Janubiy Koreyada 31 oktyabr – 1 noyabr kunlari Kyonjuda o‘tadigan APEC xalqaro forumi oldidan turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yig‘ilishdan keyin ma’lum qilindi.

Vizasiz kirish haqidagi yangiliklar zamirida janubiy koreyalik univermaglar, kazinolar, mehmonxonalar va kosmetika ishlab chiqaruvchilarning aksiyalari qiymati oshdi. Jumladan, Hyundai univermagi aksiyalari 7,1% ga, Hotel Shilla – 4,8% ga, Paradise kazinolar tarmog‘i – 2,9% ga va Hankook Cosmetics – 9,9% ga ko‘tarildi.

Ma’lumot uchun, vizasiz kirish taklifi ilk bor mart oyida Xitoy 2024 yil noyabridan Janubiy Koreya va yana bir nechta davlat fuqarolarini vizadan ozod qilganidan so‘ng e’lon qilingan edi.

Kiritildi: 02:30 10.08.2025. O'qildi: 691 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!