Janubiy Koreya va AQSh harbiy-dengiz kuchlari Yaponiya dengizida qo‘shma harbiy-dengiz mashqlarini o‘tkazdi.
Bu haqda Yonhap xabar bermoqda.
"Ikki davlat harbiy-dengiz kuchlari chorshanba kunidan boshlab Seuldan 270 km janubi-sharqda joylashgan Poxan akvatoriyasida to‘rtta harbiy kema, jumladan ROKS Marado va USS Boxer amfibiya hujum kemalari ishtirokida ikki kunlik mashg‘ulotlar o‘tkazdi", — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, mashg‘ulotlar o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, qo‘shma operasiyalarni o‘tkazish va har qanday ko‘rinishdagi provokasiyaga javob qaytarish qobiliyatini oshirish maqsadida o‘tkazilgan.