Bugun 15 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol o‘ziga nisbatan impichment e’lon qilinganidan so‘ng taslim bo‘lmasligini elon qildi

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol o‘ziga nisbatan impichment e’lon qilinganidan so‘ng taslim bo‘lmasligini elon qildi

Yun Sok Yol bu haqda bugun xalqqa qilgan murojaatida aytib o‘tdi.

"Men hech qachon taslim bo‘lmayman. Mamlakatim uchun oxirgi daqiqagacha tanqidlar, rag‘batlantirishlar va qo‘llab-quvvatlashni yodda tutgan holda barcha imkoniyatlarimni ishga solaman", — dedi prezident.

Yun Sok Yol, shuningdek, barcha sa’y-harakatlarining behuda bo‘lishi mumkinligidan afsusda ekanini bildirib, davlat xizmatchilarini qonun bo‘yicha impichment e’lon qilinganidan keyin prezident vazifasini bajaruvchi bo‘ladigan bosh vazir Xan Dok Su bilan birgalikda ishlashga chaqirdi va koreys xalqining xavfsizligini ta’minlashni so‘radi.

Endi mamlakat Konstitusiyaviy sudi prezidentning impichmenti bo‘yicha ishni ko‘rib chiqishni boshlaydi va uni tasdiqlash yoki bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Jarayon 6 oygacha davom etishi mumkin. Agar Yun Sok Yol lavozimidan chetlatilsa, yangi prezidentlik saylovi o‘tkaziladi.

Kiritildi: 21:18 14.12.2024. O'qildi: 344 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!