Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Janubiy Koreya AQShdan “voz kechdi”

Janubiy Koreya AQShdan “voz kechdi”

Bugun, 17 noyabrda Amerika Qo‘shma Shtatlari va Janubiy Koreya Shimoliy Koreya bilan to‘xtab qolgan tinchlik sulhini qayta tiklash uchun yaqin kelajakda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan harbiy mashg‘ulotlarni keyinga qoldirishlarini e’lon qilishdi.

Shunga qaramay, AQSh Mudofaa vaziri Mark Esper AQSh va Janubiy Koreya harbiylari yuqori tayyorgarlik holatida qolishini aytdi va mashg‘ulotlarni keyinga qoldirish qarori Shimoliy Koreyaga “yon berish” emasligini ta’kidladi. “Men buni “yon berish” deb hisoblamayman, balki tinchlikni ta’minlash uchun  harakat, deb bilaman” dedi Esper.

Bundan avval ham AQSH-Janubiy Koreya harbiy mashg‘ulotlarining ko‘lami avvalgi yillardagiga nisbatan qisqartirilgan edi. Ammo, Pxenyan doimiy ravishda AQSh va Janubiy Koreyaning qo‘shma harbiy mashg‘ulotlariga qarshi bo‘lib,  ularni o‘z hududiga bostirib kirish uchun tayyorgarlik sifatida baholaydi.

Manba: tarjumon. uz

Kiritildi: 23:00 17.11.2019. O'qildi: 4791 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!