Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Jannatga kirishga sabab bo‘luvchi amallardan biri

Jannatga kirishga sabab bo‘luvchi amallardan biri

Tahoratdan so‘ng alohida o‘qiladigan 2 rak’at yoki nasib bo‘lgancha nafl namoz o‘qishning fazilati haqida.

Jannatga yetaklovchi amallar ko‘p. Ulardan biri haqida quyidagi hadis bilan tanishgach, bilib olasiz. 

Aby Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (bomdod namozi oldidan) Bilol roziyallohu anhuga:

«Ey Bilol! Menga o‘zingning Islomda qilgan eng umidli ishingni aytib ber, chunki men jannatda shundoq oldimda poyabzaling tovushini eshitdim», - dedilar. U: «Mening nazdimda eng umidli amalim – kecha yo kunduzning qaysi paytida tahorat olsam ham, albatta o‘sha tahoratim bilan nasib bo‘lgancha namoz o‘qiyman», - dedi» (Muttafaqun alayh).

Bu hadis mazmunidan ma’lum bo‘ladiki, mo‘min kishi tahorat qilib va undan so‘ng 2 rak’at yoki qodir bo‘lganicha nafl namoz o‘qishi eng yaxshi amallardan ekan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu ibratli amalning mukofoti haqida, garchi Bilol roziyallohu anhuning o‘zi bilmasa ham, lekin shu amali orqasidan uning jannatdan umidvorligi haqidagi xushxabarga ishora qilganlar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning bu bashoratlari nafaqat Bilol roziyallohu anhuga, balki barcha mo‘min-musulmonlarga tegishlidir. 

Bir oyog‘i Jannatda bo‘lgan Zubayr

Ulamolarning sharhlariga ko‘ra, bu rivoyat Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning tushlarida ayon bo‘lganini hisobga olib, tahorat namozi 5 vaqt namozlar kabi farz qilinmagan bo‘lib, uni doim o‘qib yurilmasa ham gunoh sanalmaydi. Biroq, u yuqorida ta’kidlaganimizdek, nafl ibodatlar sirasiga kirib, uni ado etib yuruvchilar oxiratda katta ajr-mukofotlarga erishadilar, insha Alloh. 

Eslatma: Tahorat namozini o‘qishni dildan o‘tkazib niyat qilinadi.  Ushbu namoz ham xuddi 2 rak’at sunnat namoziga o‘xshab o‘qiladi

Vallohu a’lam.

Doniyor FAYZ

Manba: azon.uz

Kiritildi: 05:15 24.01.2020. O'qildi: 2801 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!