Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Jannatga faqirlar kiradi... boylar ham

Jannatga faqirlar kiradi... boylar ham

Sizni “Faqirlik ayb emas. Alloh faqirlarni ko‘proq yaxshi ko‘radi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam ham faqir bo‘lganlar. Qanoat tuganmas xazinadir. Zohidlik fazilat, tama’ razolatdir. Samimiylik faqirlarning dastmoyasidir. Boylar birovlarning qonini so‘ruvchi kishilardir. Boylik giyohvand moddaning bir turidir” deb, shu gaplarga ishontirishadi. Ular sizni faqirligingizdan rohatlanadigan, ehtiyojmandligingizdan lazzatlanadigan, zaiflikka va tadbirning ozligiga rozi bo‘ladigan qilib qo‘yishadi.

Biroq, hech kim sizga Usmon va “Jayshul Usra”, Talha va uning saxovati, Zubayr va uning ko‘chmas mulklari, Ibn Avf va uning tijoratlari, Ibn Abu Vaqqos va uning sadaqalari haqida hargiz gapirmaydi.

Hech kim sizga sayyidimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning kufrdan va faqirlikdan panoh so‘raganlari, “Yuqori qo‘l (beruvchi qo‘l) pastki qo‘l (oluvchi qo‘l)dan yaxshiroqdir”, “Kuchli mo‘min Allohning nazdida zaif mo‘mindan yaxshiroqdir” degan hadislarini hargiz aytmaydi. Balki ular sizga “Faqir, zaif, muhtoj bo‘lsangiz, hech qisi yo‘q” deyishadi.

Siz moddiy imkoniyat yaxshi bo‘ladigan boylik bosqichiga o‘tmang. Aks holda faqirlikdan qutulib, o‘zingizni tiklab olganingizdan so‘ng atrofingizdagi yetishmovchilik, nochorlik, kamsitish kabi holatlar haqida surishtira boshlaysiz. Bunday savollaringiz bilan sizni faqir holda ko‘rishni istaganlarni noqulay ahvolga solib qo‘yasiz.

Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday marhamat qiladi:

“Sen: “Alloh O‘z bandalariga chiqargan ziynatlarni va pokiza rizqlarni kim harom qildi?!” deb ayt. “Ular hayoti dunyoda iymon keltirganlarga, qiyomat kunida esa faqat o‘zlariga xosdir”, deb ayt. Biladigan qavmlar uchun oyatlarni mana shunday mufassal bayon qilamiz” (A’rof surasi, 32-oyat).

Dinimizda boy bo‘lishdan qaytarilmagan, hadisi shariflarda musulmonning qo‘lidagi halol mol naqadar yaxshi ekanligi ta’kidlangan.

Unutmang, faqirlik ayb emas, shuningdek, boylik ham. Jannatga faqirlar kiradi, boylar ham.

Boylar ham jannatga kirishi uchun qo‘llaridagi boylik Alloh rozi bo‘ladigan ishlarga sarf etilishi, oxiratga ajr sifatida zaxira bo‘lishi kerak. Bundan tashqari boylik insonning qalbini egallab olib, yashashdan maqsadi boylik yig‘ish bo‘lib qolmasligi, balki boylikni oxiratda ulug‘ maqom topish uchun bir vosita qilib olishi kerak.

Kiritildi: 06:06 13.09.2019. O'qildi: 3465 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!