Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Jahongir Otajonovning lisenziyasi qaytarib berildi

Jahongir Otajonovning lisenziyasi qaytarib berildi

 “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazilmoqda. 

Direktor Odiljon Abduqahhorov raisligida o‘tayotgan majlisda xonanda Jahongir Otajonovning joriy yilning 14 oktyabr kuni olib qo‘yilgan lisenziyasi qaytarildi. Bu haqda yig‘ilishda bo‘lib turgan “QALAMPIR.UZ” muxbiri xabar bermoqda. 

Joriy yilning 9 oktyabr kuni “O‘zbekiston” telekanali orqali efirga uzatilgan “Munosabat” tok-shousida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining 2019 yil 14 sentyabr kuni “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori ijrosi muhokamasi davomida studiya monitorida to‘ylardan olingan ayrim lavhalar muhokama qilindi. Bu lavhada xonanda Jahongir Otajonov bilan bog‘liq tasvirlar ham aks etib, ishtirokchilar bunga salbiy munosabatlarini bildirishdi. 

Shundan so‘ng, xonanda Jahongir Otajonov ijtimoiy tarmoq orqali chiqish qilib, “Ollaring mani lisenziyamni, maza qillaring, agar shu bilan madaniyatli bo‘lsalaring. Man xursand bo‘laman... xalq madaniyatli bo‘lib ketib qolsa shu bilan...” qabilida turli fikrlar bildirdi. Oradan ko‘p o‘tmay, “O‘zbekkonsert” Jahongir Otajonovni lisenziyasidan mahrum etgandi. 

Darvoqe, yig‘ilishda xonandaning o‘zi ishtirok etmagan. 

Kiritildi: 16:34 16.10.2019. O'qildi: 4594 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!