Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Jahongir Ortiqxo‘jayev yoshlarga: "Pul jigardan bo‘lgan. Sizlar plastik emas, naqd pul ishlatinglar" (VIDEO)

Jahongir Ortiqxo‘jayev yoshlarga: "Pul jigardan bo‘lgan. Sizlar plastik emas, naqd pul ishlatinglar" (VIDEO)

Kecha Humo arenada bo‘lib o‘tgan Megatrening 2022 biznes forumida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev yoshlarga maslahat berdi.

"Sizlar naqd pulda ishlanglar. Daromadingiz rasmiy bo‘lsin, lekin naqd pulda. Plastik kartochka puli ko‘payib, pulini ko‘tara olmaydigan odamlar uchun o‘ylab topilgan.

Bozorga yoki birorta do‘konga kirsanglar qo‘lingizda plastik kartochka bo‘lsa qancha pul ishlatayotganinglarni bilmaysizlar. Lekin naqd pul berayotganinglarda, pul jigardan bo‘lgan. Yoshlar iltimos, naqd pul bilan muomala qilinglar. Yoshlarga zarar plastik kartochka bilan ishlash. Hamma vaqt naqd bo‘lsin. Pul berayotganinglarda pulingizni sanaysizlar.

Pul sanayotganinglarda chiqish qiyin bo‘ladi. Biror-bir narsani xarid qilayotganinglarda savdolashasizlar. Plastik kartochkani ichiga qancha pul solsangiz shuncha ketaveradi. Plastik kartochka kuchli olimlarning o‘ylab topgan ixtirosi. Yoshlarga plastik kartochkani tavsiya qilmayman.

Faqat naqd pul bilan ishlanglar. Boyib ketib pul ko‘tara olmaydigan bo‘lib ketganingizdan keyin plastik kartochkaga o‘tasizlar", — Jahongir Ortiqxo‘jayev

Kiritildi: 10:58 04.06.2022. O'qildi: 3805 marta. Fikrlar soni: 16 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!