Bugun 15 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Jahon chempionatida ishtirok etadigan terma jamoalar soni ortib bormoqda

Jahon chempionatida ishtirok etadigan terma jamoalar soni ortib bormoqda

Fransiya terma jamoasi Ukrainani yirik 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu natija evaziga Didye Desham jamoasi JCH-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Fransuzlar mundialning 29-ishtirokchisiga aylandi.

Jahon chempionatiga quyidagi mamlakatlar terma jamoalari yo‘llanma olgan:

Kanada, Meksika, AQSH, Yaponiya, Yangi Zelandiya, Eron, Argentina, O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Iordaniya, Avstraliya, Braziliya, Ekvador, Urugvay, Kolumbiya, Paragvay, Marokash, Tunis, Misr, Jazoir, Gana, Kabo-Verde, JAR, Qatar, Angliya, Saudiya Arabistoni, Kot-d'Ivuar, Senegal, Fransiya.

Yaqin kunlarda bu ro‘yxat to‘ldirib boriladi. Shu tariqa, Yevropaning yana bir qancha terma jamoalari jahon chempionatiga yo‘llanma olishga yaqin turibdi.

Kiritildi: 08:28 14.11.2025. O'qildi: 710 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!