Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

J. Ortiqxo‘jayev Kun.uz sayti xodimlariga tahdid qilgan?!

A A A
J. Ortiqxo‘jayev Kun.uz sayti xodimlariga tahdid qilgan?!

16 noyabr kuni internetda Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning muxbirlarga qilgan tahdidi audiosi tarqaldi. Audioda Ortiqxo‘jayev jurnalistlarni sharmanda qilish, hattoki jismonan yo‘q qilib yubora olishga qodirligi bilan tahdid qilgan.

Mazkur tahdid shahar hokimidan Olmazor tumani hokimining sobiq o‘rinbosari Abdurasul Vahobov bilan bog‘liq voqeaning ertasiga Kun.uz muxbirlari Rahmatilla Isroilov, Sherzod Egamberdiyev va Bahodir Ahmedov hokim qabulida bo‘lgan chog‘da yangragan.

O‘sha kuni Toshkent shahar hokimi A.Vahobov va muxbirlarni o‘z huzuriga chorlab, yarashtirmoqchi, o‘rtadagi tushunmovchilikni hal qilmoqchi bo‘lgan. Tomonlar murosa qila olmagach, uchrashuv tahdidli «tarbiyaviy soat»ga aylanib ketgan.

Tahririyat hokim bilan uchrashuv vaqtidagi audioyozuvni Vahobov va Kun.uz o‘rtasidagi nizoli vaziyat qasd olishga aylanib ketmasligi hamda shahar hokimining obro‘-e’tiboriga putur yetkazmaslik uchun ommaga oshkor qilish fikridan voz kechgan edi.

16 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda shu voqeaga oid audioyozuv tarqalishiga esa tahririyatning aloqasi yo‘q.

Ma’lumot uchun, Jahongir Ortiqxo‘jayevning so‘zlari yozib olingan to‘liq formatdagi audioyozuvlar Kun.uz tahririyatida mavjud bo‘lib, belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun Bosh prokuraturaga taqdim etilishi mumkin.

 

Kiritildi: 17:21 17.11.2019. O'qildi: 3713 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!