Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Italiyada rossiyalik shifokorlar COVID-19dan “g‘alati” o‘limlarni ko‘rishdi

Italiyada rossiyalik shifokorlar COVID-19dan “g‘alati” o‘limlarni ko‘rishdi

Koronavirus epidemiyasi qamrab olgan Lombardiyada italiyalik hamkasblari yordamiga kelgan rossiyalik mutaxassislar kasallikning yangi xususiyatlariga guvoh bo‘lishdi. Bu haqda RIA Novosti “Moskovskiy Komsomoles” nashriga tayangan holda xabar qilmoqda.

Gromo shahrida koronavirus tashxisi qo‘yilgan odamlar shunchaki uxlab qolib uyg‘onishmaganining bir nechta holatlar qayd etilgan. Bundan tashqari, ta’kidlanishicha, o‘limdan oldin ularda kasallikning jiddiy alomatlari kuzatilmagan.

Nashrning yozishicha, ko‘ngilli shifokorlar ishlaydigan pansionatlardan birida kamida beshta “g‘alati” bemor vafot etgan.

Rossiya tibbiy yordam guruhlari yuborilgan keksa italiyaliklar uchun pansionatlarda koridorlarga, palatalarga, ovqatlanish xonalariga antiseptik ishlov berilmoqda. Gromodagi keksa yoshdagi "San Lorenso" pansionatidan tashqari, rossiyalik mutaxassislari qo‘shni Valbondione shaharchasi ko‘chalarida ham dezinfeksiya ishlarini o‘tkazdilar.

Rossiya harbiy epidemiolog vrachlari va Rossiya RXBZ qo‘shinlari mutaxassislari italiyalik harbiy mutaxassislar bilan birgalikda Lombardiya shaharlaridagi qariyalar uchun jami 17 pansionatda to‘liq sanitar ishlov va dezinfeksiyalash ishlarini amalga oshirdi.

Epidemiyaga qarshi tadbirlarda har kuni ko‘chma ayerozolli dezinfeksiya komplekslari va avtomashinalarni to‘ldirish stansiyalari guruhlari jalb qilingan.

COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat

Italiya koronavirusning tarqalishi bo‘yicha Yevropada birinchi o‘rinda turadi. So‘nggi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 110 mingdan ortiq yuqtirish holatlari qayd etilgan, 17 mingga yaqin bemor davolandi, 13155 kishi vafot etgan.

Kasallik avj olishi markaziga aylangan Lombardiya viloyati prezidenti chorshanba kuni ushbu hududda yuqumli kasalliklar ko‘payishi to‘xtaganini e’lon qildi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasining tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi. Dunyo bo‘yicha 820 mingdan ortiq yuqtirish holatlari qayd etilgan, 40 mingdan ko‘proq odam vafot etgan.

O‘zbekistonda kasallanganlar soni 187 kishini tashkil etmoqda. 2 kishi vafot etgan. 12 kishi tuzalib ketishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 11:17 02.04.2020. O'qildi: 6903 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!