Italiyaning 16 ta shahrida g‘ayritabiiy jazirama tufayli xavfning qizil darajasi e’lon qilindi, deb xabar berdi Azertadj.
Afrika antisiklonining kuchayishi bilan Italiyada issiq kunlar davom etyapti.
Qizil deb e’lon qilingan shaharlar qatoriga poytaxt Rim, shuningdek, Bolonya, Bolsano, Breshia, Kampobasso, Florensiya, Frozinone, Genuya, Latina, Milan, Perudja, Riyeti, Turin, Venesiya, Verona va Viterbo kiradi.
Yaqin kunlarda mamlakatda havo harorati Selsiy bo‘yicha 40 darajadan oshishi kutilyapti. Surunkali xastaliklari, ayniqsa, yurak-qon tomir kasalliklari bilan og‘rigan shaxslar va o‘ta sezgir fuqarolarga ehtiyot choralariga qat’iy rioya qilish tavsiya etilgan.
Odamlarga soyada qolish va tushdan keyin tashqariga chiqmaslik tavsiya etiladi.