Bugun 9 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Italiyada ayollarni o‘ldirish jinoyati uchun umrbod qamoq jazosi belgilandi

Italiyada ayollarni o‘ldirish jinoyati uchun umrbod qamoq jazosi belgilandi

2023–2024 yillarda ko‘paygan ayolllarning o‘ldirilishi holatlari fonida qabul qilindi.

Italiya parlamenti ayollarga nisbatan zo‘ravonlikni keskin kamaytirishga qaratilgan yangi qonunni qabul qildi. Mazkur hujjat mamlakat tarixida ilk bor ayolni jinsiga ko‘ra qasddan o‘ldirish — femitsidni alohida turdagi jinoyat sifatida tasniflaydi va ushbu jinoyat uchun umrbod qamoq jazosini belgilaydi.

Qonun loyihasi Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni arafasida ko‘rib chiqildi va parlament tomonidan 237 ovoz bilan ma’qullandi. Hujjat ta’qib qilish, oilaviy zo‘ravonlik, shaxsiy intim tasvirlarni roziliksiz tarqatish kabi jinoyatlar uchun ham jazo choralarini kuchaytiradi.

Yangi tartib 2023 yilda talabgor Giuliya Seschettinning fojiali o‘limi, shuningdek, joriy yilda qayd etilgan 100 dan ortiq femitsid holatlaridan so‘ng qabul qilindi. Statistikalarga ko‘ra, ushbu jinoyatlarning qariyb 60 foizi qurbonlarning turmush o‘rtoqlari yoki sobiq hamkorlari tomonidan sodir etilgan.

Muxolifat qonunni qo‘llab-quvvatlagan holda, zo‘ravonlikning ijtimoiy ildizlari — gender tengsizligi, ta’lim yetishmovchiligi va stereotiplar bilan bog‘liq omillar ham tizimli ravishda hal etilishi zarurligini ta’kidladi. Mamlakatda maktablarda jinsiy va emosional ta’limni kengaytirish borasidagi bahslar davom etmoqda.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab har 10 daqiqada bir ayol yoki qiz yaqinlari tomonidan sodir etilgan zo‘ravonlik qurboniga aylanmoqda. Italiya hukumati qabul qilingan yangi choralar orqali gender asosidagi jinoyatlarga qarshi yanada qat’iy siyosat yuritishni maqsad qilgan.

Kiritildi: 12:12 27.11.2025. O'qildi: 486 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!