Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Isroilga qarshi o‘yinni boykot qila olmasligimiz achinarli"

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Isroilga qarshi o‘yinni boykot qila olmasligimiz achinarli"

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo JCH-2026 saralash turnirida Isroilga qarshi o‘yinni boykot qila olmasliklarini ta’kidladi.

Jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv 14 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

"Seshanba kuni Udinega yo‘l olamiz. U yerda tomoshabinlar juda oz bo‘lishini bilamiz va sizning tashvishingizni tushunaman. Ammo biz o‘ynashimiz shartligini ham bilamiz, aks holda bizga 0:3 hisobida texnik mag‘lubiyat yoziladi. Albatta, sodir bo‘layotgan voqealarni ko‘rish achinarli. Bu yurakni ezadi," - deya Gattuzoning so‘zlarini keltiradi Eurosport.

2 oktyabr kuni FIFA kengashining so‘nggi yig‘ilishida Isroil terma jamoalari va klublarini xalqaro musobaqalardan chetlashtirish masalasi muhokama qilinmagani ma’lum bo‘ldi.

Kiritildi: 23:35 07.10.2025. O'qildi: 1081 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!