Amerika Urushni o‘rganish instituti (ISW) bahosiga ko‘ra, minimal konfigurasiyadagi (1600 km) Tomahawk raketalarining zarba berish doirasida Rossiyaning kamida 1655 ta harbiy ob’ekti joylashgan. Raketaning 2500 km qamrovli versiyasi uchun esa bu ko‘rsatkich 1945 ta ob’ektni tashkil etadi.
Qayd etilishicha, Rossiyaning Yelabug‘a shahridagi Shahed dronlari ishlab chiqariliadigan korxona va Engelsdagi strategik bombardimonchilar aviabazasi ham shu ob’ektlar qatoriga kiradi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainaga Tomahawk raketalarini yetkazib berish borasida "ma’lum darajada qaror qabul qilganini" aytgandi va Ukrainadan bu raketalar qanday maqsadlarda qo‘llanilishini so‘ramoqchiligini bildirgandi.