"Istanbul Bashakshexir" bosh murabbiyi Chag‘dash Atan nega Abbosbek Fayzullayev hali hamon klub safida o‘yinlarda ishtirok etmayotganini tushuntirdi.
«Biz Abbosbek Fayzullayevni urush ortidan Rossiyaga qo‘yilgan embargo sababli safimizga qo‘shib ololmayapmiz. Biz to‘lovni amalga oshirishga tayyormiz, ammo bu borada boshqa jarayonlar kutib turibdi. Klub prezidenti o‘z aloqalari orqali masalani yechish ustida ishlamoqda. Futbolchi ham, biz ham buni sabrsizlik bilan kutyapmiz. O‘ylashimcha, hammasi tez orada hal bo‘ladi», - dedi Atan.