Erdog‘an, mamlakat razvedkasi Isroilning Turkiyaga qarshi o‘tmishdagi va kelajakdagi barcha harakatlarini nazorat ostida ushlab turishini aytdi.
«Isroil agressiyasini e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. Hozirda razvedkamiz yordamida Isroilning Turkiyaga nisbatan ilgari qo‘ygan yoki kelajakda qilishi mumkin bo‘lgan barcha qadamlarini tabiiy ravishda nazorat qilamiz. Isroil nafaqat o‘zi hujum qilayotgan Falastin va Livan barqarorligini nishonga olmoqda, balki olovni butun mintaqaga yoyishga harakat qilmoqda»— dedi Erdo‘g‘an.