"Agar Livan hukumati “Hizbulloh”ni nazorat qilmasa, Litani daryosi janubidagi va hatto Zahroni daryosi janubidagi hudud Isroil davlati uchun “xavfsizlik zonasi”ga aylanishi kerak. Elektr energiyasini o‘chirish, infratuzilmani yo‘q qilish va ularga aniq tushuntirish zarur: agar terrorizm sodir etilsa, bundan o‘zingiz azob chekasiz. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu AQSh prezidenti Donald Trampning stolini urib, unga Livandagi urushga qaytayotganimizni ma’lum qilishi vaqti keldi", — dedi Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir.
Moliya vaziri Besalel Smotrich esa “Hizbulloh”ning “dronlar tahdidiga” chek qo‘yish zarurligini aytdi.
"Shu hafta men taxminan 2 milliard isroil shekeli (deyarli 693 ming dollar) miqdoridagi maxsus byudjetni tasdiqladim. Har bir dron zarbasiga javoban Bayrutdagi o‘nta bino qulashi va har qanday jiddiy tahdidga qat’iy javob berilishi shart", — dedi Smotrich va bu mablag‘ mudofaa tizimiga optimal darajada tayyorgarlik ko‘rish imkonini berishini ta’kidlab o‘tdi.