Isroilliklarning kamida 64 foizi Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu kabinetiga ishonmasligini aytdi.
Bu haqda Isroilning 12-kanalida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga asoslanib, "TASS" xabar bermoqda.
Respondentlarning yana 30 foizi mamlakat hukumatining amaldagi tarkibiga hali ham ishonishlarini bildirishgan.
Unga ko‘ra, respondentlarning 79 foizi 2023 yil 7-oktabrda Falastinning Hamas radikal harakatining mamlakatga bostirib kirishi chog‘ida Isroil siyosiy va harbiy rahbariyatining xatolarini tekshirish bo‘yicha davlat komissiyasi tuzilishini ham qo‘llab-quvvatlagan. Respondentlarning atigi 8 foizi bunday tekshiruvga qarshi ekanligini, 13 foizi esa bir qarorga kelmaganini bildirgan.
Bundan tashqari, ulardan Livanning "Hizbulloh" harakati bilan o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishuv tuzish bo‘yicha qarashlari haqida so‘ralgan: 54 foizi kelishuvni qo‘llab-quvvatlashini aytgan, yana 24 foizi esa bunday kelishuvga qarshi chiqqan.