Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Isroilda saylovlar: Netanyahuning kursisi qimirlab qoldi(mi)?

Isroilda saylovlar: Netanyahuning kursisi qimirlab qoldi(mi)?

Isroil saylovlarida yaqqol g‘olib aniqlanmadi va bosh vazir kim bo‘lishi haqidagi savol ochiq qoldirilib, qisman rasmiy natijalar tasdiqlandi. Hozircha 60 % dan ortiq natijalar sanab chiqilgan bo‘lsada, Benyamin Netanyaxuning partiyasi so‘l raqibiga imkoniyatni boy bermoqda. Bu haqida Bi-Bi-Sining Yaqin Sharq xizmati xabar bermoqda.

Netanyahu tarixiy beshinchi marotaba ham hokimyat tepasida qolish istagida. Seshanba kungi saylov natijalariga ko‘ra, uning Likud partiyasi 31 o‘ringa, raqibi Benni Gansning «Moviy va oq» partiyasi 32 o‘ringa ega bo‘ldi.

Hozirda bu ikki partiyadan keyin Arab partiyalari ittifoqi uchinchi, Ultra-Ortodoks Shas partiyasi to‘rtinchi o‘rinda. «Moviy va oq» yoki «Likud» davlatni boshqarishi uchun beshinchi o‘rindagi millatchi partiya Yisrael Beiteinu bilan koalisiya tuzishi kerak.

Partiya yetakchisi, Avigdor Liyebermanning aytishicha, u ikkala partiya ittifoqinigina qo‘llab quvvatlaydi. Lekin, «moviy va oqlar» kelishib davlatni boshqarmoqchi emas.

Eslatib o‘tamiz, qaysidir partiya hukumat tuzishi uchun 120 o‘rindan 61 tasini egallashi lozim.

Kiritildi: 06:10 19.09.2019. O'qildi: 1429 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!